Milliarder Jeff Bezos sun’iy intellekt (SI) bo‘yicha Project Prometheus startapini ishga tushirdi, u allaqachon 6,2 milliard dollar mablag‘ olgan.
Bu haqda The New York Times o‘z manbalariga tayanib xabar bermoqda.
Gazetaning qayd etishicha, "Prometheus" dastlabki bosqichda moliyalashtirish bo‘yicha dunyoning yetakchi startaplaridan biriga aylandi.
Loyiha kompyuterlar, avtomobillar va kosmik kemalarni loyihalash va ishlab chiqarish uchun sun’iy intellektni ishlab chiqadi. Bezos startapning ikki bosh direktoridan biriga aylandi. Bu uning 2021 yilda Amazonni tark etganidan keyin birinchi rahbarlik lavozimi bo‘ladi. Ikkinchi bosh direktor etib avval Googlening X laboratoriyasida ishlagan Vik Bajaj tayinlandi.
Jeff Bezos startapni aynan qachon ishga tushirgani noma’lum. Yangi kompaniya qayerda joylashgani ham noma’lum. Project Prometheus allaqachon 100 ga yaqin xodimni yollagan. NYT manbalariga ko‘ra, ular orasida OpenAI, DeepMind va Meta kabi yetakchi SI kompaniyalari tadqiqotchilari bor.