"Real" Xabi Alonso uchun "Bayer"ga 10 mln yevrodan ko‘proq to‘laydi.
Bugun leverkuzenliklar bosh murabbiyi mavsum yakunida o‘z lavozimini tark etishini rasman e’lon qildi.
Jurnalist Ben Jeykobsning ma’lum qilishicha, ispaniyalik mutaxassis shu hafta boshida bosh direktor Fernando Karro va sport direktori Simon Rolfesga "Real"ga o‘tishga qaror qilganini aytgan.
Nemis klubi murabbiyning ketishi uchun 10 mln funt (12 mln yevro) dan ko‘proq tovon puli oladi.