Bel og‘rig‘imni davolashda do‘stimning tavsiyasi bilan aloe, asal va spirt aralashmasidan tayyorlangan malhamdan foydalandim. Shukrki, ayni vaqtda og‘riqlarni yengdim.
Buning uchun aloening bir necha yaproqlarini olish, yuvish va ularni go‘shtqiymalagichdan o‘tkazish kerak. 50 g aloe suviga 100 g asal hamda 150 ml spirt qo‘shing-da, yaxshilab aralashtiring va bankachaga solib, qopqoq bilan yoping. Tayyor birikmani uzoq vaqt qorong‘i joyda saqlash mumkin. Kompresslar kechasi qilinadi, keyin issiq ro‘mol bilan o‘raladi. Agar 1 kunda ta’siri yaxshi sezilmasa, yana 3-4 marta takrorlash mumkin.