Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Almazbek Atambayevga nisbatan yangi ayblovlar ilgari surildi

Almazbek Atambayevga nisbatan yangi ayblovlar ilgari surildi

Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayevga yana ikkita jinoyat ishi – IES modernizasiyasi va ofis sotib olish bo‘yicha ayblov e’lon qilindi. Bu haqda uning advokati Sergey Slesaryovning so‘zlariga asoslanib, «24.kg» xabar berdi.

«Harbiy prokuratura yana ikkita jinoyat ishi - IES modernizasiyasi va forum binolari bo‘yicha bildirishnoma e’lon qildi», - dedi Slesaryov.

Harbiy prokuratura aybloviga deputatlar komissiyasining xulosasi asos bo‘lib xizmat qildi.

2018 yil yanvarida butun Qirg‘iziston poytaxtini issiqlik va elektr bilan ta’minlaydigan Bishkek IESda avariya sodir bo‘lgandi. Avariyadan so‘ng modernizasiyasi 386 million dollarga tushgan IES atrofida mojaro kelib chiqdi. IES bo‘yicha shartnoma tuzishda korrupsiyaga yo‘l qo‘yganlikda ayblanib qator amaldorlar, jumladan, sobiq bosh vazirlar Sapar Isakov va Jantoro Satibaldiyev hibsga olingan.

Manba: daryo.uz

Kiritildi: 21:15 14.08.2019. O'qildi: 2042 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!