Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Alloh in’omi: o‘zidan issiqlik chiqaradigan o‘simlik

Alloh in’omi: o‘zidan issiqlik chiqaradigan o‘simlik

Tabiatda shunday o‘simliklar borki, ular o‘zidan issiqlik chiqaradi. Alloh taolo ularga atrofidagi harorat darajasini his qiladigan jihozni ato etgan. Agar havo harorati juda pasayib ketsa, o‘simlikdagi o‘sha jihoz ba’zi kimyoviy amaliyotlarni bajarish orqali energiya ishlab chiqara boshlaydi va bu energiya issiqlik energiyasiga aylanadi. Bu issiqlik sababli o‘simlik atrofidagi qor eriydi. Mazkur o‘simlikni o‘rgangan olimlar havo harorati noldan past bo‘lganda, o‘simlikdagi harorat 30-36 darajada bo‘lishini mulohaza qildilar. Agar unda ushbu xususiyat bo‘lmaganda, sovuq havoda yashab qololmagan bo‘lardi. Bu o‘simlik Shimoliy Amerikaning sharqidagi botqoqli joylarda va namli tepaliklarda o‘sadi. Ko‘kargan barglari skuns karamini eslatuvchi hid tarqatadi. Barglari katta, uzunligi 40-55 sm va kengligi 30-40 sm atrofida. Uning ilmiy nomi Symplocarpus foetidus.

Bu o‘simlikning qorli tepaliklarda o‘sishi va qor ichida o‘ziga xos g‘or hosil qilishi olimlarni hayron qoldirdi. Havoning harorati – 15 bo‘lganda, o‘simlikning harorati 30 bo‘lar ekan. Bunday holat juda noyob bo‘lib, ko‘plab sut emizuvchi jonzotlar sovuq havoda uzoq tursa, muzlab qoladi.

Ushbu rasmda Alloh taoloning fazli bilan 36 darajagacha issiqlik ishlab chiqarib, havo – 15 daraja sovuq bo‘lsa ham muzlab qolmay, o‘sishda davom etadigan o‘simlik aks etgan.

Alloh taolo ushbu o‘simlikka haroratni tartibga soluvchi murakkab texnikani jo qilib qo‘ygan. Inson tomonidan ishlab chiqarilgan sovituvchi yoki isituvchi kondisioner ba’zan buzilib qoladi, ba’zida ishlamay qoladi. Ammo bu o‘simlik muntazam ravishda vazifasini bajarib, o‘zidan qorlarning erishiga sabab bo‘ladigan issiqlik chiqarib, o‘sib boradi.

Alloh taolo bizga O‘zi yaratgan maxluqlari o‘z vazifasini komil suratda amalga oshirishi uchun ularni yo‘lga solib, kerakli jihozlar bilan qo‘shib yaratganini bayon qilib shunday marhamat qilgan:

قَالَ فَمَن رَّبُّكُمَا يَا مُوسَى۝ قَالَ رَبُّنَا الَّذِي أَعْطَى كُلَّ شَيْءٍ خَلْقَهُ ثُمَّ هَدَى۝

U (Fir’avn): «Ikkingizning Robbingiz kim, ey Muso?» – dedi. U: «Robbimiz har narsaga o‘z yaratilishini bergan hamda uni hidoyatga solgan Zotdir», – dedi. (Toho surasi, 49-50 oyatlar)

Alloh taolo o‘sha o‘simlikka o‘z yaratilishini bergan hamda uni hayotda vazifasini bajarish uchun hidoyatga solgandir.

Ushbu o‘simlikning ishlash jarayoni, energiya ishlab chiqarib, uni issiqlik energiyasiga aylantirishini tushuna olmagan olimlar «Aqlsiz bir o‘simlik qanday qilib aqlni lol qoldiradigan darajada o‘z haroratining darajasini idora qiladi? Issiqlik energiyasini qayerdan hosil qiladi? U ishga soladigan murakkab texnika nima ekan?» deb savol berdilar. Ularning savollariga yuqoridagi oyatda javob bor: «Robbimiz har narsaga o‘z yaratilishini bergan hamda uni hidoyatga solgan Zotdir». Ushbu o‘simlikka shunday qobiliyatni ato etgan, sovuq havoda yashab qolish imkonini bergan Zot Alloh taolodir!

Bugungi kunda olimlar uylarni isitishda elektr energiyasining o‘rniga issiqlik chiqaruvchi o‘simliklar energiyasidan foydalanish haqida bosh qotirmoqdalar. Chunki bu o‘simliklar o‘zining hajmiga nisbatan ko‘proq energiya ishlab chiqaradi. U tekin energiya olish uchun imkoniyat ekani aytilmoqda. Robbimimz Qur’oni Karimda shunday deb marhamat qilgan:

أَلَمْ تَرَ أَنَّ اللَّهَ سَخَّرَ لَكُم مَّا فِي الْأَرْضِ وَالْفُلْكَ تَجْرِي فِي الْبَحْرِ بِأَمْرِهِ وَيُمْسِكُ السَّمَاء أَن تَقَعَ عَلَى الْأَرْضِ إِلَّا بِإِذْنِهِ إِنَّ اللَّهَ بِالنَّاسِ لَرَؤُوفٌ رَّحِيمٌ۝

«Alloh erdagi narsalarnidengizda O‘z izni ila yuradigan kemani sizlarga beminnat xizmatkor qilib qo‘yganini hamda osmonni iznisiz erga tushishdan tutib turishini ko‘rmadingizmi?! Albatta, Alloh odamlarga o‘ta shafqatlidir, o‘ta rahmlidir» (Haj surasi, 65-oyat)

Alloh subhanahu va taolo atrofimizdagi narsalarni bizga beminnat xizmatkor qilib qo‘ygan. Shu bois o‘sha o‘simlikdan ham foydalanishimiz kerak.

O‘simlikning sovuqda, qor bag‘rida o‘sishi, gullashi, hid taratishi Alloh taoloning qudratiga, azamatiga, san’atiga dalolat qiluvchi belgilardandir. Boshqa bir oyatda shunday deyilgan:

صُنْعَ اللَّهِ الَّذِي أَتْقَنَ كُلَّ شَيْءٍ إِنَّهُ خَبِيرٌ بِمَا تَفْعَلُونَ۝

«Bu har bir narsani puxta qiladigan Allohning san’atidirAlbatta, U nima qilayotganingizdan o‘ta xabardordir» (Naml surasi, 88-oyat)

Abduddoim Kahel maqolasi asosida

Nozimjon Hoshimjon tayyorladi

Kiritildi: 06:00 20.11.2020. O'qildi: 6705 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!