Bugun 8 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Alkogol va tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar aniqlandi

Alkogol va tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chortoq tumani bo‘limi va YHXB xodimlari hamkorligida “Nurafshon” MFY hududida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro U.M.ning boshqaruvidagi “Mercedes Splinter” rusumli avtomashina to‘xtatilib ko‘zdan kechirilganda avtomashina yuk xonasida fuqaro M.M.ga tegishli bo‘lgan sifatini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan umumiy bahosi 70,8 mln so‘mlik 1 938 dona iste’molga yaroqsiz alkogol mahsulotlarini sotish uchun olib ketayotganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shuningdek, Departamentning Nurafshon shahri bo‘limi va Bojxona xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro B.M.ning boshqaruvidagi “VAZ 2102” rusumli avtomashina ko‘zdan kechirilganda, avtomashina saloni va yukxonasida fuqaro I.X.ga tegishli bo‘lgan umumiy bahosi 58,1 mln so‘mlik 1 000 quti “Velo Freezing Perrermint” va “Velo Freeze” nomli aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini Nurafshon shahrida sotish uchun olib kelganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 12:40 03.07.2025. O'qildi: 465 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!