Bugun 4 noyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Alkogol va tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasi 2 baravarga kamaydi(mi)?

Alkogol va tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasi 2 baravarga kamaydi(mi)?

Islohotlardan ko‘zlangan maqsad aniq: yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va, eng muhimi, o‘zbekistonliklar sog‘ligini muhofaza qilish.

Islohotlar bo‘yicha Bosh prokuratura huzurida maxsus inspeksiya tashkil etildi va raqamli nazoratni ta’minlash uchun 49 ta sub’ekt elektron hisoblagichlar, 43 ta korxona videokuzatuv vositalari, 102 ta transport vositasi esa GPS trekerlar bilan jihozlanibdi.

Bundan tashqari, 517 ta murojaat ko‘rib chiqilib, 97 ta ulgurji korxona rasman ro‘yxatdan o‘tkazildi. Shuningdek, 475 ta targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilib, sanitariya hamda lisenziya talablariga amal qilish nazorati kuchaytirildi.

Qonun ustuvorligi nuqtai nazaridan, Departament organlari tomonidan 1 435 ta qonunbuzarlik holati aniqlangan. Uning doirasida 885 ming dona alkogol va 912 ming quti tamaki mahsuloti musodara qilingan ekan. Shuningdek, 15 ta ishlab chiqaruvchi va 29 ta ulgurji korxona lisenziyadan mahrum qilingan, 7 tasining faoliyati vaqtincha to‘xtatilibdi.

Natijalar esa aniq: alkogol mahsulotlarining noqonuniy aylanmasi 35% dan 18% ga, tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasi esa 19,6% dan 9% ga tushgan.

Xullas, ushbu raqamlarni bemalol raqamli nazorat, qonuniylik va ochiqlikning amaldagi samarasi desa bo‘ladi,- deydi Kusherbayev.

Kiritildi: 19:11 31.10.2025. O'qildi: 1065 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!