AQSh Moliya vazirligi rossiyalik milliarder Alisher Usmonov uchun istisno qildi - hatto uning 50 foizdan ortiq aksiyalariga egalik qilgan kompaniyalari ham blokirovka qiluvchi sanksiyalar ostida qolmaydi. Avvalroq Oq uy Usmonov, Arkadiy va Boris Rotenberg, Igor Shuvalov, Sergey Chemezovga qarshi sanksiyalar e’lon qilgandi.
AQSh moliya vazirligi milliarder Alisher Usmonovga tegishli kompaniyalarni sanksiyalardan chiqarib tashladi. 3 mart kuni Xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi (OFAC) bosh direktori Andrea Gaki tomonidan imzolangan hujjatda aytilishicha, hatto Usmonov 50 foizdan ortiq aksiyalarga ega bo‘lgan kompaniyalar ham sanksiyalarga duchor bo‘lmaydi.
Office of Foreign Assets Control - Xorijiy aktivlarni nazorat qilish idorasi AQSh G‘aznachiligining chet elliklar va xorijiy kompaniyalarga qarshi sanksiyalarni nazorat qiluvchi bo‘limidir. Andrea Gaki 2018 yilda bu lavozimni egallagan edi. U 3 mart kuni imzolagan bosh lisenziyada qayd etilishicha, Alisher Usmonovga tegishli kompaniyalar (50 foiz va undan ortiq) «zararli xorijiy faoliyat uchun» blokirovka qiluvchi sanksiyalar ostida qolmaydi.
Hujjatga ko‘ra, Usmonov OFAC tomonidan bloklangan shaxslar ro‘yxatida yo‘q – uning ishtirokidagi AQShdagi yuridik shaxslarning mulki va ulushlari blokdan chiqarilgan, ularga o‘z hisob-varaqlaridan mablag‘larni hisobdan chiqarishga ruxsat berilgan. Ushbu istisno Usmonovning aktivlari yoki kompaniyalarning moliyaviy operasiyalariga taalluqli emas"- deyiladi OFAC hujjatida.