Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Alisher Usmonov Xalqaro qilichbozlik federasiyasi prezidenti lavozimidan ketdi

A A A
Alisher Usmonov Xalqaro qilichbozlik federasiyasi prezidenti lavozimidan ketdi

Alisher Usmonov Xalqaro qilichbozlik federasiyasi (FIE) prezidenti lavozimini to‘xtatdi. Bu haqda FIE matbuot xizmati xabar berdi.

"2022 yilning 28 fevralida men YEI tomonidan kiritilgan sanksiyalarning nishoni bo‘ldim. Men bu qarorning insofsizligiga ishonaman, sanksiyalar uchun asoslar mening sha’nim, halolligim va ishbilarmonlik obro‘yimga putur yetkazuvchi soxtalashtirilgan va asossiz ayblovlardir. Men barcha qonuniy imkoniyatlardan foydalanaman. Shu munosabat bilan men Xalqaro qilichbozlik federasiyasi prezidenti sifatidagi vakolatlarimni to‘xtataman”, — dedi Usmonov.

Usmonov FIEni 2008 yildan buyon boshqarib kelgan va 2012, 2016 va 2021 yillarda qayta saylangan. 2001-2009 yillarda Rossiya qilichbozlik federasiyasini, 2005-2009 yillarda esa Yevropa qilichbozlik konfederasiyasini boshqargan.

Kiritildi: 20:12 01.03.2022. O'qildi: 3542 marta. Fikrlar soni: 2 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!