Avvalroq, Prezidentning tegishli farmoniga (PF-6038-son, 30.07.2020y) asosan, respublika byudjetidan tez tibbiy yordam brigadalari xodimlariga bir martalik pul mukofoti berish uchun 100 milliard so‘m mablag‘ ajratilgani xabar qilingandi.
Shuningdek, ushbu maqsadlar uchun taniqli tadbirkor vatandoshimiz Alisher Usmonov tomonidan qo‘shimcha ravishda 100 mlrd so‘m (10 mln AQSh dollari ekvivalentida) miqdorida homiylik xayriyasi ajratildi.
Hukumatning tegishli qaroriga (№458, 30.07.2020y) ko‘ra, koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash uchun jalb qilingan tez tibbiy yordam xodimlariga quyidagi miqdorlarda bir martalik moddiy rag‘batlantirish to‘lovlari beriladi:
• vrach xodimlarga - 5 mln so‘m;
• o‘rta tibbiyot xodimlariga (feldsher va sanitarlar) - 4 mln so‘m;
• haydovchilarga - 3 mln so‘m.
Ushbu to‘lovlar 1 iyungacha ishga qabul qilingan xodimlarga nisbatan qo‘llaniladi.