Bugun 19 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Alisher Usmonov nemis jurnalistini sudga tortishni talab qildi

A A A
Alisher Usmonov nemis jurnalistini sudga tortishni talab qildi

Rossiyalik milliarder Alisher Usmonov uni hakamlarni sotib olishda ayblagan Germaniyaning ARD telekanali jurnalistini sudga tortishni talab qildi. Bu haqda Bild xabar berdi.

Nashrga ko‘ra, Usmonov Kyoln (Germaniya) prokuraturasiga 8 oktyabr kuni shu haqda ariza yozgan. Jurnalist Hans-Yoaxim (Xayo) Zeppelt Parijdagi Olimpiya o‘yinlari qilichbozlik musobaqalaridan tayyorlagan reportaj milliarderning e’tiroziga sabab bo‘ldi.

Zeppelt o‘z reportajida Xalqaro qilichbozlik federasiyasi (FIE)ni 2008–2022 yillarda boshqargan Usmonovni hakamlarni sotib olish tizimini yaratishda ayblagan. O‘z navbatida, endi Alisher Usmonovning advokati Yoaxim Shtaynxefel Zeppeltni jurnalistika standartlarini buzish va rossiyalikni yomonotliq qilishga intilishda ayblamoqda.

Kiritildi: 01:40 13.10.2024. O'qildi: 2967 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!