Bugun 30 sentyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

FIFA prezidenti Janni Infantino Toshkentga tashrif buyurdi

FIFA prezidenti Janni Infantino Toshkentga tashrif buyurdi

FIFA prezidenti Janni Infantino boshchiligidagi delegasiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

FIFA rahbarining mamlakatimizdagi tashrifi 29–30 sentyabr kunlariga mo‘ljallangan bo‘lib, ikki kun davomida futbol sohasidagi qator loyihalar va amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish rejalashtirilgan.

Toshkentda mehmonlarni sport vaziri Adham Ikramov hamda O‘zbekiston futbol assosiasiyasi birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov kutib oldi.

Tashrif dasturida futbol infratuzilmasini yanada rivojlantirish, ommaviy futbol qamrovini kengaytirish va FIFA bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar muhokamasiga alohida e’tibor qaratiladi.

Shuningdek, yosh futbolchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, iqtidorlarni qo‘llab-quvvatlash va O‘zbekiston futboli taraqqiyotiga xizmat qiladigan yangi tashabbuslar yuzasidan fikr almashish ko‘zda tutilgan.

FIFA ham so‘nggi yillarda O‘zbekistonda futbol infratuzilmasi va yoshlar futboli yo‘nalishida amalga oshirilayotgan islohotlarni qayd etib kelmoqda.

Kiritildi: 23:48 29.09.2026. O'qildi: 306 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!