Britaniyaning Solsberg shahrida rossiyalik sobiq polkovnik Sergey Skrimal va qizi shubhali ravishda zaharlanganidan so‘ng Britaniya Rossiyaga qarshi sanksiyalarini boshlaganidan xabaringiz bor. Ayrim hollarda kelib chiqishi rus bo‘lgan bir qancha insonlar Britaniyadan chiqarib yuborildi, ayrim pallalarda hibsga ham olindi.
Katta zarbalar, ayniqsa, biznesmenlarga tegmoqda. Jumladan, Roman Abramovichning vizasi uzaytirilmay, Britaniyaga kirishi taqiqlangandi. Shu bois Abramovich o‘ziga tegishli “Chelsi” futbol klubining Angliya Kubogi finalidagi “Manchester Yunayted” bilan bo‘lgan o‘yinini Buyuk Britaniyadan tashqarida tomosha qilgan. Bundan tashqari, Buyuk Britaniyaga kirishi taqiqlanganlar ro‘yxatida rossiyalik boshqa milliarderlar — Mixail Fridman, Igor Shuvalov va Alisher Usmonovlar ham qayd etildi.