O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari, “Milliy tiklanish" DP MK raisi Alisher Qodirov konsertida uni tanqid qilgan "Million" guruhiga munosabat bildirdi.
“Million”ga tasanno! Barakalla yigitlar! Yanada jur’atliroq bo‘ling. Odamlarni birga o‘zgartiramiz!
Soliqlar davlatni qudratli qiladi. Qudratli davlat fuqarolarining mehnati hech qachon arzon bo‘lmaydi.
“Million”ning maslahatiga amal qilib, “ko‘zi qizargan” 3 million qorako‘zlarimizni tinch qo‘yamiz, ular Yaratganning panohida bo‘lsinlar.
Lekin “ko‘zi qizarmagan” xorijdagi vatandoshlarimizning O‘zbekiston uchun qayg‘urishiga hech qachon shubha qilmaymiz. Zero, milliy taraqqiyot uchun faqat Alisherlar emas, millionlar bir xil o‘ylashi kerak", deb yozdi u.