Bugun 21 iyun, 2024 yil, juma

КИР

Alisher Qodirov Rossiya Davlat dumasi spikeriga javob qaytardi

Alisher Qodirov Rossiya Davlat dumasi spikeriga javob qaytardi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari Alisher Qodirov Rossiya Davlat dumasi spikeri Vyacheslav Volodinning mamlakatga kelayotgan ishchilar rus tilini bilishi kerakligi haqidagi fikriga munosabat bildirdi.

Volodin plenar majlisda Rossiyaga ishga kelayotgan ishchilar rus tilini bilishi, mamlakat an’analari va madaniyatini hurmat qilishi kerakligini ta’kidlagan.

So‘zsiz, Rossiyaga ishga borayotganlar rus tilini bilishlari shart, lekin bu O‘zbekistonda yashayotgan ruslarni o‘zbek tilini bilishlari shart emas degani emas!

O‘zbekistonda yashayotgan barcha millatli vatandoshlar o‘zbek tilini bilishlari shart.

Qonunlarimizda bosqichma-bosqich bog‘cha va boshlang‘ich ta’limda boshqa millatli vatandoshlarga o‘z ona tili va qadriyatlarini o‘rganishiga sharoit yaratish bilan bir qatorda, o‘zbek tili majburiy o‘rganadigan til sifatida belgilanishi kerak.

O‘zbek tilini bilmaydigan inson nafaqat davlat xizmatida ishlashi, balki davlat xizmatlaridan foydalanishi ham mumkin bo‘lmay qolishiga erishishimiz kerak, — dedi bunga javoban Alisher Qodirov.

Kiritildi: 10:36 14.05.2024. O'qildi: 4748 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!