Milliy tiklanish partiyasi rahbari Alisher Qodirov o‘qituvchilar mehnat sharoiti og‘ir ekanini ta’kidlab, ular uchun pensiya yoshini 50 yoshdan belgillash zarurligini aytdi.
“Pedagog og‘ir sharoitda ishlamaydimi? Uning oldiga 50 nafar bolani qo‘yib qo‘ygansiz. Uch yil ishlasa ham, 30 yil ishlaganday bo‘ladi. Nima uchun unga pensiya 50 yoshdan yo‘q?” — dedi Qodirov.