Bugun 31 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Alimentchi otaning uy-joyi farzandlariga xatlab berildi

Alimentchi otaning uy-joyi farzandlariga xatlab berildi

Oila boshlig‘i bo‘lgan ota ayoli va farzandlarini moddiy tomondan ta’minlashga mas’ul. Garchi, ajralishgan bo‘lsa ham farzandlarining moddiy ta’minoti otasi zimmasida qoladi. Lekin, afsuski, otalik burchini unutganlar ham borki, qonun ularni o‘z himoyasiga olib, adolat qaror topadi.

Andijon shahrida yashovchi N.X. 2016 yilda Rossiya federasiyasiga ishlash uchun ketgan. U xorijda bo‘lgan davrida sobiq turmush o‘rtog‘i tomonidan aliment undirish uchun sudga da’vo ariza kiritilgan.

Shunga ko‘ra, fuqarolik ishlari bo‘yicha Andijon tumanlararo sudining ijro hujjatiga asosan qarzdordan undiruvchi foydasiga ikki nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan.

Qarzdor ota 2016 yilda xorijga chiqib ketganligi va bu yil yurtimiz hududiga qaytganligi aniqlangan. Uning mamlakatimiz hududidan chetga chiqish huquqlari vaqtincha cheklangan. Bu huquqni tiklash maqsadida ota aliment qarzi va kelgusidagi aliment to‘lovlari evaziga o‘zining Andijon shahridagi ikki xonali uyini berishga rozi bo‘lgan.

Sud orqali ijro etish usuli va tartibi o‘zgartirilib, 48 mln. so‘m aliment qarzi va farzandlar voyaga yetguniga qadar hisoblangan 94,1 mln. so‘m evaziga ikki xonali uyning hujjatlari turmush o‘rtog‘i nomiga rasmiylashtirib berildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, majburiy ijro byurosi Andijon viloyat boshqarmasi ish yurituvida jami aliment undiruvi bilan bog‘liq 35 ming 826 ta ijro hujjati mavjud. O‘tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ijro harakatlari natijasida 145 mlrd. so‘m mablag‘ undirilgan.

Kiritildi: Bugun 02:43. O'qildi: 240 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!