Bugun 3 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Aliment majburiyatmi? Popda 219 mln so‘m aliment qarzdorlik undirildi

Aliment majburiyatmi? Popda 219 mln so‘m aliment qarzdorlik undirildi

Aliment majburiyatlarining o‘z vaqtida bajarilishi — voyaga yetmagan farzandlarning munosib hayot kechirishi, ta’lim olishi va har tomonlama kamol topishida muhim ahamiyatga ega. Shu bois aliment qarzdorliklarini bartaraf etish, bolalarning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash hamda undiruvchilarning huquqlarini tiklashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Majburiy ijro byurosi Pop tuman bo‘limi tomonidan aliment qarzdorligini undirish bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida qarzdor X.B dan undiruvchi T. M foydasiga ikki nafar voyaga yetmagan farzandi ta’minoti uchun jami 219 248 246 so‘m aliment mablag‘lari undirildi. Undirilgan mablag‘lar undiruvchining bank plastik kartasiga o‘tkazib berilishi ta’minlandi.

Bu esa farzandlar ta’minoti bilan bog‘liq mavjud qarzdorlikni bartaraf etish, ularning moddiy manfaatlarini ta’minlash hamda aliment undirishga oid ijro hujjatining amalda bajarilishida muhim natija bo‘ldi.

Ta’kidlash joizki, aliment to‘lovlari shunchaki moliyaviy majburiyat emas, balki ota-onaning farzandlar oldidagi mas’uliyatining muhim ifodasidir. Voyaga yetmagan bolalarning moddiy ta’minoti, sog‘lom o‘sishi va kelajagi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishda aliment majburiyatlarining bajarilishi alohida o‘rin tutadi.

Zero, har bir undirilgan aliment mablag‘i — farzandlar manfaati, ularning ertangi kuni va munosib kelajagi uchun xizmat qiladi!

Kiritildi: 15:42 02.11.2026. O'qildi: 452 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!