Bugun 16 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Aliment cheklovini yechish uchun nima qilish kerak?

Aliment cheklovini yechish uchun nima qilish kerak?

Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim fuqarolar tomonidan aliment qarzdorligi sababli, xorijga chiqa olmayotganligi haqida murojaatlar tez-tez uchrab turadi.

Bu masala bo‘yicha Majburiy ijro byurosining axborot xizmati rahbari Farrux Toshpulatovga yuzlandik.

Jamiyatimizda oila qadriyatlariga yuzaki yondashish, er-xotinning o‘zaro kelishmovchiliklari oqibatida ajralish holatlari yildan-yilga o‘sib, aliment undirishga doir ijro hujjatlari sonini ortib ketishiga olib kelmoqda.

E’tiborlisi, 2015 yilda aliment undiruvlari bo‘yicha jami 207 mingta ijro hujjati mavjud bo‘lgan bo‘lsa, 2023 yil 4 oyida 300 mingga yaqin hujjatlar bo‘lib, keyingi 8 yilda bu toifadagi hujjatlar 144 foizga o‘sgan.

Umuman olganda, aliment davriy ijro ishlari sarasiga kiradi va farzandlarning 18 yoshga to‘lguniga qadar moddiy ta’minot uchun qarzdorlik oyma-oy undirib boriladi.

Aliment undiruvi bilan bog‘liq ijro ishlari bo‘yicha qariyb 400 mingga yaqin voyaga yetmaganlarning moddiy manfaati himoya qilinmoqda.

Cheklov nima sababdan va kimlarga qo‘yilishi mumkin ?

Xorijga chiqish uchun cheklov qo‘yish – sud hujjatidagi talablar belgilangan muddatda qarzdor jismoniy shaxs tomonidan uzrsiz sabablarga ko‘ra ijro etilmaganda, davlat ijrochisi undiruvchining arizasi bo‘yicha yoki o‘z tashabbusi bilan qarori asosida amalga oshiriladi. (Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi Qonunning 42-1-moddasi) Bundan tashqari, “Sud hujjati asosida berilgan ijro hujjatini yoki ijro hujjati bo‘lgan sud hujjatini uzrsiz sabablarga ko‘ra ijro etmagan qarzdor jismoniy shaxsning O‘zbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklashni ta’minlash yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi, Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlarining hamkorligi tartibi to‘g‘risida”gi 23.10.2019 yildagi (Adliya vazirligi tomonidan 12.11.2019 yilda 3196-sonli raqam bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan) Nizomda, qarzdorning chiqishini vaqtincha cheklashni joriy etish va olib tashlash talablari batafsil belgilab berilgan.

Ijtimoiy tarmoqdagi xabarda davlat ijrochilarining qonun talablari noto‘g‘ri talqin qilinayotganligi va ijro hujjati bo‘yicha qarzi yo‘q yoki aliment to‘lashdan bo‘yin tovlamagan shaxslarga ham mamlakatdan chetga chiqishda sun’iy cheklov qo‘yilayotganligi tanqid qilingan.

Cheklovni yechish uchun yetarlicha imkoniyatlar mavjud!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 06.10.2018 yildagi “Alimentlarni oldindan to‘lash, shuningdek, aliment to‘lash majburiyatini ta’minlash bo‘yicha garov shartnomasini tuzish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 808-sonli Qarorida alimentlarni oldindan to‘lash yoki aliment to‘lash majburiyatini ta’minlashda garov taqdim etish asoslari belgilab berilgan.

Alimentga oid ijro ishlari odatiy tarzda – ijrosi to‘liq ta’minlanganda, undiruvchi yoki sud tomonidan qaytarib olinganda tamomlanadi. (Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi Qonunning 37-moddasi 1,6-bandlari, 40-moddasi 1-bandi, 41-moddasi 1,3-bandlari)


Bunda qarzdorga qo‘yilgan cheklovlar avtomatlashtirilgan elektron tizim orqali bekor qilinadi.

Qolaversa, fuqarolarimiz yuzaga kelayotgan cheklovlar haqidagi ma’lumotlarni Byuroning rasmiy www.mib.uz rasmiy sayti hamda MIB.UZ mobil ilovalaridagi “Respublikadan chiqishga cheklov” sahifasi orqali ham bilishlari ham mumkin.

Asosiysi Byuro organlari fuqarolarga cheklov qo‘yishdan manfaatdor emas !

Kiritildi: 11:02 24.05.2023. O'qildi: 2119 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!