Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Alibaba faoliyatiga nima ta’sir ko‘rsatdi?

Alibaba faoliyatiga nima ta’sir ko‘rsatdi?

Alibaba qulab tushdi, lekin qaytishga va’da berdi: xitoylik onlayn-riteyler chorak uchun hisobot berdi.

Xitoylik onlayn-riteyler Alibaba sof foydasi so‘nggi chorakda 3,3 milliard yuanni (453 million dollar) tashkil etdi, bu 2023-moliyaviy yilning so‘nggi choragidan 86 foizga kam.
Umumiy choraklik daromad atigi 7 foizga oshib, 221,8 milliard yuanga (30,7 milliard dollar) yetdi. Bu haqda bayonotda aytilgan.

Kompaniya natijalarni ayrim ommaviy kompaniyalarga investisiyalardan yo‘qotishlar va biznesining davom etayotgan o‘zgarishi bilan izohladi. Alibaba faoliyatiga Xitoy iqtisodiyotining sekin tiklanishi va mamlakatdagi iste’mol xarajatlari dinamikasi ham ta’sir ko‘rsatdi, deydi moliyachilar.

Shu bilan birga, Alibaba katta salohiyatni ko‘rayotgan sun’iy intellekt va bulutli texnologiyalarga sarmoyalarni ko‘paytirishga va’da berdi.

Hisobot e’lon qilinganidan keyin Alibaba kotirovkalari 7 foizga pasaydi.

Kiritildi: 18:10 15.05.2024. O'qildi: 1346 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!