Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich vakolat muddati tugashi yaqinlashayotgani munosabati bilan iste’foga chiqishi mumkin. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
Ehtimol, men tez orada iste’foga chiqarman, — dedi Serbiya yetakchisi Xitoyga tashrifi chog‘ida.
Aleksandr Vuchich 2017 yilda Serbiya prezidenti etib saylangan edi, 2022 yilda esa ikkinchi muddatga qayta saylandi. Uning prezidentlik vakolat muddati 2027 yilda tugaydi.
O‘tgan hafta Vuchich parlament saylovlari kuzda sentyabr oxiridan noyabr o‘rtalarigacha bo‘lgan davrda bo‘lib o‘tishini e’lon qildi.