Bugun 25 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Aleksandr-Arnold "Real"da o‘ziga raqam tanladi

Aleksandr-Arnold "Real"da o‘ziga raqam tanladi

Madridning "Real" klubida Trent Aleksandr-Arnoldning yangi o‘yinchi sifatidagi taqdimotiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Tadbir 12 iyun, payshanba kuni bo‘lib o‘tadi. Ingliz allaqachon Madridga yetib kelgan, bu haqda yaqinda ispan OAVlari xabar berdi. Bundan tashqari, 26 yoshli futbolchi "qaymoqranglilar" safida 12-raqam ostida to‘p tepishi ma’lum bo‘ldi. Bu ma’lumot La Liga grandi klublar o‘rtasidagi jahon chempionati uchun rasmiy qaydnomasida o‘z tasdig‘ini topdi.

Trent Aleksandr-Arnold "Real"ga iyun oyi boshida "Liverpul"dan ko‘chib o‘tgandi - kelishuv madridliklarga 10 mln yevroga tushgandi.

18 iyun kuni Xabi Alonso jamoasi KO‘JCh guruh bosqichi 1-turi doirasida "Al-Hilol"ga qarshi bahs olib boradi.

1 kishi, futbol oʻynamoqda, futbol oʻynaydi va “MADRID XIRA TRENT 12 MAPRID XTRA” matni rasmi boʻlishi mumkin

Kiritildi: 14:11 12.06.2025. O'qildi: 656 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!