Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Albatta ko‘ring: Davidich yurtimizda suratga olgan videoroligini e’lon qildi (video)

Albatta ko‘ring: Davidich yurtimizda suratga olgan videoroligini e’lon qildi (video)

Rossiyalik avtoglogger Toshkentga safari paytida suratga olgan videoni e’lon qildi. U Prezidentning kuyovi Otabek Umarovga ko‘rsatgan yordami uchun alohida minnatdorchilik bildirgan.

Bloger Erik Devidich O‘zbekiston poytaxtida suratga olingan Mercedes AMG GT 63 S avtomobili ishtirokidagi videorolikni e’lon qildi.

Uning YUTube kanalidagi videoda nafaqat avtomobilning o‘zi haqida, balki respublikamizda yuz berayotgan o‘zgarishlar haqida ham gapiriladi.

Davidich Prezidentning kuyovi Otabek Umarovga alohida minnatdorchilik bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, Otabek Umarov rossiyalik bloger Erik Davidichga sinov drayverini suratga olishda yordam bergan. U blogerga Mercedes AMG GT 63 S, BRABUS Maybach 900 va Bentley avtomobillarini taqdim etdi. 

Taniqli videobloger, ko‘cha poygachisi va smotra.ru asoschisi Davidich, shuningdek, yo‘l polisiyasida korrupsiya bilan kurashuvchi sifatida tanilgan va o‘g‘irlangan mashinalarni tezda topishga yordam beradi.

Kiritildi: 14:56 07.11.2019. O'qildi: 2701 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!