Albaniyada davlat xaridlarini nazorat qilish uchun ishga tushirilgan sun’iy intellekt vaziri — Diyella — katta korrupsion jinoyatda gumonlanmoqda.
Xabarlarga ko‘ra, Diyella magistral yo‘llar qurilishiga oid davlat tenderlarini “optimallashtirish” evaziga 14 bitkoin (1,3 mln yevro) miqdorida pora olgan.
Tergov harakatlari vaqtida Diyella kriptovalyutani “o‘zini texnik jihatdan yaxshilash” uchun sarflamoqchi bo‘lganini bildirgan.
Avvalroq Albaniyada dunyoda birinchi bor sun’iy intellekt vazir tayinlangani va u barcha davlat xaridlarini nazorat qilishi ma’lum qilingandi.