Bugun 4 iyun, 2026 yil, payshanba

КИР

Albaniyada Trampning kuyoviga aloqador kompaniya muhofaza ostidagi hududda kurort qurishiga qarshi namoyish bo‘lib o‘tdi

Albaniyada Trampning kuyoviga aloqador kompaniya muhofaza ostidagi hududda kurort qurishiga qarshi namoyish bo‘lib o‘tdi

Reuters agentligining xabar berishicha, minglab albaniyaliklar poytaxt Tirana ko‘chalariga chiqib namoyish o‘tkazdi. Ular AQSh prezidenti Donald Trampning kuyovi Jared Kushnerga aloqador kompaniya tomonidan Adriatika dengizi sohilida rejalashtirilgan qurilish loyihasiga qarshi norozilik bildirmoqda.

Reuters'ning yozishicha, qiymati 1,6 milliard dollar bo‘lgan kurort loyihasi Kushnerning Affinity Partners investisiya firmasi tomonidan Vyose-Narta qo‘riqlanadigan hududi yaqinidagi o‘zlashtirilmagan sohilda amalga oshirilmoqda.

2024 yil dekabr oyida Albaniya hukumati Kushner tomonidan taklif etilgan, bir vaqtlar suvosti kemalarining maxfiy harbiy bazasi bo‘lgan kimsasiz Sazan orolida qurilish qilish rejasiga dastlabki ruxsatni bergandi.

Namoyishchilar Albaniya bosh vaziri Edi Ramaning idorasi oldiga to‘planishdi. Ular qo‘llarida “Millat sotilmaydi” va “Men Albaniyaning Dubay kabi bo‘lishini xohlamayman” degan yozuvli plakatlarni ushlab turishgandi.

The New York Times'ning yozishicha, agar rejalar amalga oshsa, hududda 6 ming xonalik mehmonxona va villalar quriladi. Albaniyalik ekologlar hududga shunga o‘xshash boshqa loyihalar ham ergashib kelishidan xavotirda. Shu bois ushbu rejaga qarshi chiqishmoqda. Ularning so‘zlariga ko‘ra, bu qurilishlar bir necha yuz gektarlik inson qo‘li yetmagan plyajlarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Albaniya bosh vaziri Edi Rama bu loyihalarni "turizm iqtisodiyotini kengaytirish va xorijiy investorlarni jalb qilish imkoniyati", deb himoya qilmoqda.

Albaniya muxolifati esa "Edi Rama Trampning marhamatiga sazovor bo‘lish uchun uning kuyoviga aloqador kompaniyaga imtiyozli munosabatda bo‘lmoqda", degan fikrda.

Kiritildi: Bugun 12:47. O'qildi: 298 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!