Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

«Al Hilol» Rodrigo uchun «Real»ga 100 mln yevrodan ko‘proq to‘lashga tayyor

«Al Hilol» Rodrigo uchun «Real»ga 100 mln yevrodan ko‘proq to‘lashga tayyor

Marca Rodrigoga bo‘lgan jiddiy taklif haqida xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Neymarga o‘rinbosar qidirayotgan «Al Hilol» dushanba kuni «Real» vingeri bilan bog‘langan.

Saudiya chempioni 24 yoshli braziliyalik uchun Madrid klubiga 100 million yevrodan ko‘proq to‘lashga tayyor. Futbolchining o‘ziga ham yuqori maosh taklif qilinmoqda.

«Al Hilol» Rodrigoni Saudiya ligasi tarixidagi eng ko‘p maosh oladigan futbolchilardan biriga aylantirmoqchi. Shuningdek, kelishuv amalga oshsa, vinger 2034 yilgi jahon chempionatining yuziga aylanadi.

Kiritildi: 15:00 31.01.2025. O'qildi: 985 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!