Bugun 21 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

"Al-Hilol" Jezushni iste’foga chiqardi

"Al-Hilol" Jezushni iste’foga chiqardi

Portugaliyalik mutaxassis Jorje Jezush rasman Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubi bosh murabbiyligidan ketdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. Jamoaning vaqtinchalik murabbiyi etib Muhammad al-Shalhub tayinlandi, u portugaliyalikning yordamchisi edi.

Jezush 2023 yildan beri "Al-Hilol"ni boshqarib kelayotgandi. O‘tgan mavsumda jamoa Saudiya Arabistoni chempionligini qo‘lga kiritdi va Qirol kubogi sohibiga aylandi.

Saudiya Arabistoni chempionatining joriy mavsumida "Al-Hilol" turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. Jamoa hisobida 29 uchrashuvda 62 ochko bor.

Kiritildi: 14:27 03.05.2025. O'qildi: 873 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!