Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubi "Barselona" qanot vingeri Rafinyani o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Sport nashri xabariga ko‘ra, riyodliklar "ko‘k-anorranglilar"ga 27 yoshli braziliyalik uchun 100 million yevro taklif qilishga tayyor. Futbolchiga 4 yillik shartnoma va yiliga 50 million yevrolik maosh taklif qilmoqchi - jami 4 yil uchun 200 million yevro maosh.
Rafinyaning kataloniyaliklar bilan shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Klub uni uzaytirish niyatida.