“Al-Hilol” yozda Lionel Messini sotib olishga harakat qiladi.
Jurnalist Romain Molinaning yozishicha, Saudiya Arabistoni klubi "PSJ" bilan shartnomasini uzaytirmaydigan hujumchini ko‘ndirish uchun katta kuch sarflamoqchi.
Ar-Riyod jamoasi Messi va “An-Nasr”da o‘ynayotgan Krishtianu Ronaldu o‘rtasidagi qarama-qarshilikni tiklamoqchi. Bungacha hujumchilar mos ravishda “Barselona” va “Real”da o‘ynashgan.