Aktrisa Aida Yunusova 1948 yil 10 fevralda Marg‘ilon shahrida tug‘ilgan. U oilada uch qizning eng kichigi bo‘lgan.
1970 yilda Toshkent Davlat teatr va rassomchilik oliygohining kino va teatr aktyorligi fakultetini tamomlagan.
O‘qishni tugatgach aktrisa sifatida ishlay boshlagan.
Aida Yunusova o‘zining ilk rolini talabalik paytida "Yoz yomg‘iri" nomli filmida o‘ynagan.
Aida Yunusovani xalqqa tanitgan rollari bu "Ajoyib xayolparast" va "Chinor ostidagi duel" filmlari hisoblanadi.
Bulardan tashqari, aktrisa faoliyati davomida yana o‘ndan oshiq kartinalarda qatnashgan.