Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Bir oy Toshkent-Markaziy vokzalidan harakatlanib kelayotgan poyezdlar Toshkent Janubiy vokzalidan qatnovini amalga oshiradi

Bir oy Toshkent-Markaziy vokzalidan harakatlanib kelayotgan poyezdlar Toshkent Janubiy vokzalidan qatnovini amalga oshiradi

15 iyuldan 15 avgustgacha Toshkent-Markaziy vokzalidan harakatlanib kelayotgan aksariyat poyezdlar Toshkent Janubiy vokzalidan qatnovini amalga oshiradi.

"Olma-ota – Toshkent – Olma-ota", "Toshkent – Novosibirsk – Toshkent", "Toshkent – Samara – Toshkent" yo‘nalishida harakatlanadigan yo‘lovchi poyezdlari hamda "Toshkent – Xojikent – Toshkent" shaharlararo poyezdlaridan tashqari, bugungi kunda Toshkent-Markaziy temir yo‘l vokzalidan qatnovini amalga oshirib kelayotgan barcha yo‘lovchi poyezdlar joriy yil 15 iyuldan 15 avgustgacha Janubiy vokzaldan o‘z harakatini boshlaydi.

Jumladan, bir oy mobaynida yuqori tezlikda harakatlanuvchi "Afrosiyob" elektropoyezdlari, "Sharq», "Nasaf" hamda "Toshkent – Andijon Toshkent", "Toshkent – Volgograd – Toshkent", "Dushanbe – Toshkent Dushanbe" yo‘lovchi poyezdlari Janubiy vokzal hududidan reyslarini amalga oshiradi.

Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida Toshkent-Markaziy hamda Toshkent-Janubiy vokzallaridagi barcha chiptaxonalar tunu-kun faoliyat ko‘rsatadi. Bundan tashqari chiptalarni elektron tarzda ham olish mumkin.

Shuningdek, bir oy mobaynida Toshkent-Markaziy vokzalidagi chiptaxonalardan poyezd jo‘nashidan oldin chipta xarid qilgan, yoki yanglishib Markaziy vokzalga kelib qolgan yo‘lovchilarni Janubiy vokzalga olib borish uchun vaqtincha bepul avtobuslar ham qo‘yiladi.

Kiritildi: 18:46 09.07.2024. O'qildi: 620 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!