Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

"Akaxonim bor": Xorazmlik firibgarning "ov"i fosh bo‘ldi

"Akaxonim bor": Xorazmlik firibgarning "ov"i fosh bo‘ldi

Bir necha bor sudlanib, qilmishidan to‘g‘ri xulosa chiqarmagan qo‘shko‘pirlik I.Farid hali jazo muddati tugamay yana jinoyatga qo‘l urdi. U Hazorasp tumanida yashovchi Karimboyning “moyliroq” joyga ishga kirmoqchi ekanligini eshitib, uni “tuzog‘i”ga osongina ilintirdi. “Tepa”da ishni qo‘l uchida bitiradigan akaxoni borligini aytib, uni ishontirdi.

Xullas, harom luqma yeyishga odatlangan bu kimsa bir yil davomida Karimboyning 4600 AQSh dollari hamda 3480000 so‘m pulini qo‘lga kiritib, o‘z ehtiyoji uchun sarflab yuraverdi. Firibgarning puch va’dalariga ishongan Karimboy esa shundan keyin ham yana bir necha oy kutdi. Ammo ishdan darak bo‘lmadi. Shundan so‘ng u huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga murojaat qildi. Birovning haqqi buyurmas, deganlaridek, Farid tergov jarayonida jabrlanuvchiga yetkazgan zararni to‘liq qoplashga majbur bo‘ldi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Hazorasp tumani sudi firibgarlik bilan shug‘ullanib, o‘zgalar mulkini qo‘lga kiritgan I.Faridni 5 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosiga hukm qildi.

Akbar AMINOV,

Jinoyat ishlari bo‘yicha Hazorasp tumani sudi raisi.

 Xudoybergan JABBOROV,

 “Postda” muxbiri.

Kiritildi: 16:14 09.06.2020. O'qildi: 3677 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!