Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Akademik liseylarga kirish test natijalarini tanlov ustuvorligi bo‘yicha aniqlash tartibi

A A A
Akademik liseylarga kirish test natijalarini tanlov ustuvorligi bo‘yicha aniqlash tartibi

Akademik liseylarga kirish test natijalarini tanlov ustuvorligi bo‘yicha aniqlash tartibi:

Abituriyentning to‘plagan bali ustuvorlik asosida:

➖ u tanlagan birinchi akademik liseyning yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lsa, uning kirish test sinovi natijalari ushbu lisey yo‘nalishida e’lon qilinadi.

Bunda abituriyentga tanlagan ikkinchi va uchinchi akademik lisey yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etishga ruxsat etilmaydi;

➖ u tanlagan birinchi akademik lisey yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lmay, u tanlagan ikkinchi lisey yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lsa, uning kirish test sinovi natijalari ushbu ikkinchi akademik lisey yo‘nalishida e’lon qilinadi.

Bunda abituriyentga tanlagan uchinchi akademik lisey yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etishga ruxsat etilmaydi;

➖ u tanlagan birinchi va ikkinchi akademik liseyning yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lmay, u tanlagan uchinchi lisey yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lsa, uning kirish test sinovi natijalari faqat uchinchi lisey yo‘nalishida e’lon qilinadi;

➖ u tanlagan birinchi, ikkinchi va uchinchi akademik lisey yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lmagan taqdirda, uning kirish test sinovi natijalari birinchi tanlagan lisey yo‘nalishida e’lon qilinadi.

Kiritildi: 17:33 29.07.2023. O'qildi: 1238 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!