Bugun 19 oktyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Air France samolyoti havoda favqulodda holat signalini berdi

Air France samolyoti havoda favqulodda holat signalini berdi

AQShning Xyuston shahridan Fransiya poytaxti Parijga uchayotgan Air France aviakompaniyasi samolyoti parvoz davomida favqulodda holat signalini yubordi.

Flightradar24 parvozlarni kuzatish xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, havo kemasi xalqaro aviasiyada favqulodda vaziyatni bildiruvchi Squawk 7700 kodini faollashtirgan.

Shundan so‘ng samolyot dastlabki yo‘nalishini o‘zgartirib, Irlandiya poytaxti Dublin tomon harakatlangan.

Hozircha favqulodda signal berilishiga nima sabab bo‘lgani va samolyotda qanday holat yuzaga kelgani haqida ma’lumot berilmagan.

Kiritildi: Bugun 10:54. O'qildi: 62 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!