Termiz shahrida 3,8 tonna Ai-80 markali avtobenzin belgilangan AYOQShga olib borilmasdan, ulgurchi sotib yuborilgani aniqlandi.
Aholini sifatli neft mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash chora-tadbirlari yuzasidan «O‘zenergoinspeksiya» tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida AYOQShlarda qoidabuzarlik holatlari aniqlanmoqda.
Xususan, Surxondaryo viloyati Termiz shahriga joylashgan «O.O.«MCHJlarga qarashli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasiga ta’minotchi omboridan oli kelingan 3,8 tonna Ai-80 markali avtobenzin belgilangan shoxobchaga olib borilmasdan, ulgurji sotib yuborilganligi aniqlandi.
Bu kabi holat Farg‘ona viloyatidagi «M.P.O.» MCHJga qarashli AYOQShda ham AI-80-markali avtobenzin belgilangan shoxobchaga olib borilmasdan, ulgurchi sotilganligi ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holatlar yuzasidan qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan ushbu AYOQShlar birja savdolarida ishtirok etishi vaqtincha to‘xtatildi.