Bugun 13 sentyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Ahmadaliyev Inouega qarshi jangdan qancha pul ishlab olishi ma’lum bo‘ldi

Ahmadaliyev Inouega qarshi jangdan qancha pul ishlab olishi ma’lum bo‘ldi

Ikkinchi yengil vazn toifasida sobiq jahon chempioni, o‘zbekistonlik bokschi Murodjon Ahmadaliyev 14 sentyabr kuni Yaponiyaning Nagoya shahrida Naoya Inoue bilan mutlaq chempionlik jangida ishtirok etadi.

Salaryleaks nashri xabar berishicha, bu jangning umumiy mukofot jamg‘armasi 20 million dollarni tashkil etadi. Inoue 75 foiz, Murodjon 25 foiz ulushga ega bo‘ladi.

Yaponiyalik sportchi 15 million kafolatlangan summaga ega bo‘ladi. Bundan tashqari, u taxminan 4 million dollar bonuslar oladi.

Ahmadaliyev bu jangdan 5 million dollar to‘lov oladi. Shuningdek, yana 1 million dollar PPV ulushiga ega bo‘ladi.

Shu tariqa, o‘zbekistonlik bokschi Inouega qarshi jangdan 6 million dorllar ishlab oladi. Bu uning faoliyatidagi eng katta gonarar hisoblanadi.

Kiritildi: 21:09 12.09.2025. O'qildi: 906 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!