Bugun 27 yanvar, 2026 yil, seshanba

КИР

Ahmad ash-Shar’a Vladimir Putin bilan uchrashish uchun Moskvaga boradi

Ahmad ash-Shar’a Vladimir Putin bilan uchrashish uchun Moskvaga boradi

Ahmad ash-Shar’a Vladimir Putin bilan uchrashish maqsadida 28 yanvar kuni Moskvaga borishni rejalashtirmoqda.

Bu haqda Syria TV xabar berdi.

Rossiya va Suriya yetakchilari o‘rtasidagi avvalgi uchrashuv 2025 yil oktyabr o‘rtalarida bo‘lib o‘tgandi.

O‘shanda tomonlar sobiq prezident Bashar Asad hukumati davrida imzolangan kelishuvlarni qayta ko‘rib chiqish imkoniyatini muhokama qilgan. Shuningdek, muzokaralar chog‘ida Rossiyaning Suriyadagi harbiy bazalari masalasi ham ko‘tarilgandi.

Shuningdek, muzokaralar chog‘ida Ash-Shara’a Damashq bilan tarixiy aloqalarni birlashtirgan Moskva bilan munosabatlarni qayta tiklash niyatida ekanligini ma’lum qilgandi.

Kiritildi: Bugun 12:50. O'qildi: 383 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!