«Manchester Siti» va «Barselona» sobiq hujumchisi Sergio Aguero mashhur strimer IShowSpeed bilan suhbatda «An Nasr» forvardi Krishtianu Ronalduning klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida yo‘qligini ta’kidladi.
Aguero: — Sen Krishtianu Ronalduning fanatisan, to‘g‘rimi?
IShowSpeed: — Ha!
Aguero: — Men bu tanlovni hurmat qilaman, u — yaxshi o‘yinchi, lekin men Messini tanlayman.
IShowSpeed: — Men Ronalduni tanlayman.
Aguero: — Ha, lekin Ronaldu jahon chempionatida o‘ynayaptimi?
IShowSpeed: — Yo‘q...
Aguero: — Ehtimol, u o‘yinlarni televizorda tomosha qilayotgandir (kuladi).
Messi klublar jahon chempionatida «Inter Mayami» safida qatnashmoqda. Uning jamoasi ochilish o‘yinida «Al Ahli» bilan 0:0 hisobida durang qayd etdi.