Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

“Agrobank” ATBning Toshkent viloyati boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi

“Agrobank” ATBning Toshkent viloyati boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan e’lon qilingan hamda ayrim ijtimoiy tarmoq sahifalarida tarqatilayotgan xabarlar yuzasidan «Agrobank» ATB Matbuot xizmati quyidagilarni ma’lum qiladi:

Xabarda Qo‘mita tomonidan o‘tkazilgan o‘rganish davomida fermer xo‘jaliklari «Agrobank» ATB Chinoz filiali bilan kredit shartnomasi va ta’minotchi tashkilotlarni ixtiyoriy tanlash bo‘yicha shartnoma imzolagan bo‘lsada, bank tomonidan fermer xo‘jaliklardan ushbu kreditlarni ajratilishida mablag‘lardan erkin foydalanishiga hamda moddiy resurslar yetkazib beruvchilarni ixtiyoriy tanlashida bir qator sun’iy hamda byurokratik to‘siqlar mavjudligi aytilgan.

Ta’kidlash joizki, mazkur nizoli holat dastlab tumanlararo, so‘ngra viloyat ma’muriy sudida ko‘rib chiqilgan bo‘lib, apellyasiya instansiyasi Qo‘mita tomonidan keltirilgan vajlarni qisman to‘g‘ri deb topgan, biroq Qo‘mita tomonidan qo‘llanilgan moliyaviy jarima chorasi noto‘g‘ri hisoblanganligi uchun uni bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilgan.

Bu kabi jarayonlar «byurokratik to‘siq» sifatida baholanishi noto‘g‘ri bo‘lib, bank ushbu jaryonlarni Vazirlar Mahkamasining 533 va 130-sonli qarorlariga asosan amalga oshirgan hamda fermerlardan tegishli ma’lumotnomalar jamg‘armadan ajratilgan kreditlarni maqsadsiz sarflanishini oldini olish uchun belgilangan tartibda so‘ralgan. Ta’minotchini tanlash esa fermer xo‘jaliklari ixtiyorida ekanligi ma’lum qilindi.

Shuningdek, bank faoliyati xalqaro tashkilotlar tomonidan ham o‘rganib boriladi. Mazkur o‘rganishlar davomida bank tomonidan byurokratik to‘siqlar mavjudligi yuzasidan e’tirozlar bildirilmagan.

Kiritildi: 18:37 09.07.2024. O'qildi: 921 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!