Bugun 9 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Agrar universitetning Samarqand filiali tashkil etildi

A A A
Agrar universitetning Samarqand filiali tashkil etildi

Hukumatning tegishli qaroriga (№556, 16.09.2020y) binoan, 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab Toshkent davlat agrar universitetining Samarqand filiali tashkil etildi.

Joriy yilda ushbu filialga jami 515 ta qabul kvotasi ajratildi. Jumladan:

👉 bakalavr — 475 ta (95 ta davlat granti, 380 ta to‘lov-kontrakt);
👉 magistratura — 40 ta (barchasi davlat granti).

Filialda kredit-modul tizimi joriy etiladi. Haftada besh kunlik o‘qish bo‘ladi hamda shanba kuni mustaqil o‘zlashtirish kuni deb belgilanadi.

Filialda Belarus Respublikasining Grodno davlat agrar universiteti bilan qishloq xo‘jaligi sohasida qo‘shma ta’lim dasturlari (double degree) amalga oshiriladi.

Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidagi Samarqand agroiqtisodiyot kasb-hunar kolleji binolari Filialga operativ boshqaruv huquqi asosida beriladi.

Kiritildi: 07:27 17.09.2020. O'qildi: 3515 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!