Bugun 10 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

Agent: "Real" "PSJ"ga Mbappe borasida taklif yubordi

A A A
Agent: "Real" "PSJ"ga Mbappe borasida taklif yubordi

La Gazzetta dello Sport nashri xabariga ko‘ra, "Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelottiga yaqin bo‘lgan italiyalik mashhur agent Jovanni Branchini hujumchi Kilian Mbappening qirollik klubiga o‘tishi mumkinligi haqida ma’lumot bilan bo‘lishdi.

"Madridning “Real” klubi hozirda Kilian Mbappeni olmoqchi va uning uchun “PSJ”ga 50 million yevro taklif qilgan. Bu qanday tugashini bilmayman, hammasi "PSJ"ga bog‘liq.

Menimcha, Florentino Peresning bu tashabbusi e’tiborga loyiq, bu tizimni barqarorlashtirishga qaratilgan xabar. Negaki, bunday darajadagi futbolchi yozda tekinga ketishini hamma absurd deb hisoblaydi. Kilianning o‘zi ham klubi uning transferidan pul ishlashini istagan», - dedi Branchini.

Kiritildi: 19:38 04.01.2022. O'qildi: 2518 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!