Bugun 22 sentyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Agar Ukraina hududlardan voz kechishni istamasa, Vashington Kiyevni bunga majburlamaydi

A A A
Agar Ukraina hududlardan voz kechishni istamasa, Vashington Kiyevni bunga majburlamaydi

AQSh davlat kotibi Marko Rubio bu haqda NBC News telekanali efirida ma’lum qildi.

AQSh davlat kotibining boshqa bayonotlari:

◾️ Rossiya va Ukraina hududlar almashinuvi masalasini muhokama qilishi zarur. Tinchlik kelishuviga erishish uchun har bir tomon nimadandir yutishi va nimadandir voz kechishi kerak. Shu sababli ertaga Zelenskiy Vashingtonga keladi;

◾️ AQSh o‘zini Ukraina mojarosi ishtirokchisi deb hisoblamaydi;

◾️ Vashington Rossiyaga qarshi amaldagi barcha sanksiyalarni saqlab qoladi. Agar Ukraina masalasida oldinga siljish bo‘lmasa, biz yangi cheklovlar joriy etishga tayyormiz;

◾️ Ukraina va Rossiya tinchlik bitimiga erishish uchun yon berishga majbur bo‘ladi;

◾️ Yevropa Ukrainada tinchlikka erishishda muhim rol o‘ynashi mumkin;

◾️ Qo‘shma Shtatlar uchun Ukraina mojarosi bo‘yicha eng yaxshi natija to‘laqonli tinchlik shartnomasiga erishish bo‘ladi, vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatish emas;

◾️ AQSh Rossiya bilan Ukraina hududiy chegaralar, xavfsizlik kafolatlari va Kiyevning harbiy ittifoqlar bilan hamkorligi masalalarini muhokama qilmoqda;

◾️ Vashington Moskvaga qarshi yangi sanksiyalar kiritishni istamaydi, chunki bu Ukrainada tinchlikka erishishga doir muzokaralarning tugashini anglatadi;

◾️ AQSh Tramp va Putin uchrashuvida Ukraina bo‘yicha bitim tuzilishini kutmagandi, chunki muzokaralarda Kiyev qatnashmadi;

◾️ Rossiya dunyo siyosatining bir qismi, u ulkan yadro salohiyatiga ega davlat;

◾️ AQSh Rossiya neftini xarid qilayotgani uchun Xitoyga nisbatan sanksiyalar joriy etish xalqaro bozorda energiya narxlarining oshishiga olib kelishi mumkinligidan xavotirda.

Kiritildi: 23:25 17.08.2025. O'qildi: 1953 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!