Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Agar sa’y-harakatlar bo‘lmasa, Toshkent deputatlariga ajratilgan mablag‘lar davlat byudjetiga qaytariladi

Agar sa’y-harakatlar bo‘lmasa, Toshkent deputatlariga ajratilgan mablag‘lar davlat byudjetiga qaytariladi

Toshkent shahar Kengashi deputati Toshpo‘lat Matibayev anjumanda deputatlarga beriladigan mablag‘lar ortidan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan manfaatlar to‘qnashuviga ham to‘xtalib o‘tdi, deya xabar bermoqda «Gazeta.uz».

«Bu birinchi marotaba bo‘lganidan keyin qiziqish, shubha ko‘p. Hozir deputatlarimiz nazorat organiga aylanayapti. Ilgari faqat murojaat qilib, so‘rovnoma qilsa, hozir ular talab darajasiga o‘tyapti. Kengash tomonidan chiqayotgan pullarni deputatlar boshidan oxirigacha nazoratga oladi», – dedi u.

Shuningdek, deputatlar o‘zlariga ajratilgan mablag‘ni yil yakunigacha muammolar yechimiga yo‘naltirishi zarurligi aytildi.

«Qarorlar ham shahar, ham tuman miqyosida chiqqan bo‘lsa, biz bu pulni keyingi yilda o‘tkazib, boshlangan ishni oxiriga yetkazishga va’da beramiz. Agarda loyiha bo‘lmasa, sa’y-harakatlar bo‘lmasa, davlat byudjetiga qaytib ketadi», – deya qayd etdi Matibayev.
 

Kiritildi: 17:39 21.01.2021. O'qildi: 1597 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!