Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Agar qishda bosh kiyim kiyilmasa, sochlarda qanday o‘zgarish yuz beradi?

Agar qishda bosh kiyim kiyilmasa, sochlarda qanday o‘zgarish yuz beradi?

Bosh suyagi sohasidagi teri osti yog‘ qatlami juda nozik bo‘lib, bu uning tezda sovqotishiga olib keladi. Shu sababli asab tizimi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan termoregulyasiya tizimi qiyin ishlaydi. Bosh terisida trixodiniya (bosh terisidagi og‘riq) kuzatiladi. Bundan tashqari, u seboreya yoki dermatitni kuchaytirishi mumkin. Hatto bu nervlarining yallig‘lanishiga olib keladi.

Past haroratlarda tomir torayishi paydo bo‘ladi. Soch follikulasi qon bilan faol ta’minlangan juda nozik organ bo‘lganligi sababli sochlar yetarli miqdorda ozuqa ololmaydi. Bu, o‘z navbatida, soch o‘sishi fazasining davomiyligining qisqarishiga olib kelishi mumkin va keyin soch to‘kilishi va siyraklashishi kuzatiladi.

Kiritildi: 10:12 23.01.2023. O'qildi: 2385 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!