Agar Moskva bilan muzokaralar muvaffaqiyatsiz tugasa, Amerika harbiylarini Ukrainaga yuborishi va Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy etishi mumkin, dedi AQSh vise-prezidenti Vens.
The Wall Street Journal nashriga bergan intervyusida Jey Di Vens, urush bo‘yicha muzokaralar muvaffaqiyatsiz tugagan taqdirda, AQSh qo‘shinlarini Ukrainaga jo‘natish varianti o‘rtaga chiqishi mumkinligini aytdi.
Uning ta’kidlashicha, Tramp muzokaralar jarayonida ayrim masalalar bo‘yicha fikrini o‘zgartirish ehtimoli mavjud. Hozirgi asosiy maqsad — Putinni urushdan ko‘ra diplomatiya yo‘li bilan ko‘proq natijaga erishish mumkinligiga ishontirish.
Shuningdek, vise-prezident Ukraina bo‘yicha muvaffaqiyatli tinchlik kelishuvidan keyin Rossiya bilan munosabatlarni qayta tiklashni taklif qildi.