Bu haqda “Goldman Sachs” investisiya banki ma’lum qildi.
Ho‘rmuz orqali harakatning yopilishi neft va gazni qayta ishlash mahsulotlari, jumladan, aviayoqilg‘i narxining ham keskin ko‘tarilishiga olib keladi. 2025 yilda jahon aviayoqilg‘isi ta’minotining 18%i har kuni ushbu bo‘g‘oz orqali o‘tgan.
Hozirda dunyo nefti va suyultirilgan tabiiy gaz tranzitining qariyb 20%i amalga oshiriladigan Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali harakatlar amalda to‘xtatilgan.