AQSh prezidenti Donald Trampning boshqa bayonotlari:
◾️ Bu urush uzoq davom etmaydi, u tugaganida, biz ancha xavfsiz dunyoga ega bo‘lamiz;
◾️ Ho‘rmuz bo‘g‘ozi juda yaxshi joy, lekin hozir u yerda qayiqda suzishni istamasangiz kerak. Nima uchunligini bilasizmi? Ular tufayli emas, biz tufayli;
◾️ Biz Ho‘rmuz bo‘g‘oziga minalar o‘rnatilganmi yoki yo‘qmi, bilmaymiz, lekin bu haqda o‘ylashning o‘zi milliardlab dollarlik kema egalarini qo‘rqitadi;
◾️ Men urush bo‘lishini barchadan ko‘ra kamroq xohlayman.
◾️ Agar siz Eron yadro quroliga ega bo‘lishi kerak deb hisoblasangiz, demak sizda nimadir noto‘g‘ri, chunki ular uni albatta bizga qarshi ishlatadi.
"Bu masalada bitta savol bor: Eron yadro qurolini qo‘lga kiritgach, uni bir soat ichida ishlatadimi yoki bir kun ichidami. Ular nafaqat Isroilni, balki butun Yaqin Sharqni portlatib yuboradi", — deya qo‘shimcha qildi AQSh prezidenti.