Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Afsus! AQShda bir ayol va uning 3 farzandi koronavirusga chalinib, vafot etdi

Afsus! AQShda bir ayol va uning 3 farzandi koronavirusga chalinib, vafot etdi

Nyu-Jersi shtatida 73 yoshli ayol va uning uch farzandi koronavirusdan vafot etdi, deb yozadi "Mirror" 20 mart kuni.

Nashrning ta’kidlashicha, Greys Faskoning juda katta oilasi bor – 11 farzand va 27 nevara. Kechki ovqatlanishlardan birida oilaning 20 dan ortiq a’zolari tashrif buyurishdi, keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, ular orasida bu shtatda koronavirus bilan kasallangan birinchi odam ham bo‘lgan. Natijada Greys, uning ikki o‘g‘li va qizi koronavirus yuqtirgan.

Keksa ayol 20 mart kuni kasalxonada vafot etdi, qizi esa o‘g‘li bilan birga bir kun oldin – 19 mart kuni hayotdan ko‘z yumdi. Ikkinchi o‘g‘li ayol bilan bir kunda o‘lgan.

Oilaning qolgan a’zolari karantinga olingan, ularning koronavirus sinovlari natijalari hali tayyor emas.

Qarindoshlarining ta’kidlashicha, Greysning bolalaridan birortasida surunkali yoki boshqa jiddiy kasalliklar bo‘lmagan.

Kiritildi: 19:42 25.03.2020. O'qildi: 3013 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!