Bugun 29 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Afrika mamlakatlari Isroilning Eronga qarshi tajovuzini qoraladi

Afrika mamlakatlari Isroilning Eronga qarshi tajovuzini qoraladi

Afrika qit’asidagi qator davlatlar Isroilning Eronga qarshi amalga oshirgan harbiy hujumlaridan tashvish bildirdi va bu tajovuzni keskin qoraladi.

"Anadolu" agentligi xabar berishicha, Isroil tomonidan Eronga uyushtirilgan hujumlardan so‘ng Afrika mamlakatlari ushbu harakatlarga munosabat bildirishdi.

Sudan, Gambiya, Nigeriya, Syerra-Leone, Namibiya, Uganda, Janubiy Afrika Respublikasi, Keniya, Mavritaniya, Senegal, Aljir, Tunis hamda Afrika Ittifoqi (AI) tomonidan qilingan bayonotlarda mintaqadagi keskinlik qat’iy tanqid qilindi. Ular bu harakatlar mintaqaviy barqarorlik va tinchlikka tahdid solishini ta’kidladilar.

Shuningdek, Chad, Liviya va Komor orollari 21 ta davlatdan iborat qo‘shma bayonotni qo‘llab-quvvatlab, Isroilning agressiyasini ochiqcha qoraladi.

Afrika davlatlari xalqaro hamjamiyatni mojaroni tinch yo‘l bilan hal etishga chaqirib, barcha tomonlarni hushyorlikka va muvozanatni saqlashga undadilar.

Kiritildi: 17:59 27.06.2025. O'qildi: 516 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!