Afina yaqinida o‘tkazilgan aviashou vaqtida F-4 Phantom qiruvchi samolyoti halokatga uchrashi oqibatida ikki nafar uchuvchi halok bo‘ldi.
Bu haqda mahalliy hokimiyat vakillariga tayanib, Afina-Makedoniya axborot agentligi xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, har ikki uchuvchining jasadi samolyot halokatga uchragan joydan topilgan.